Пятница, Октябрь 18

“Baxmal” oromgohi

“Baxmal” oromgohi Jizzax viloyati Baxmal tumanidan o’tgan Turkiston tog” tizmalari etagida joylashgan.Ushbu oromgoh respublikamizdagi juda go’zal va xushmanzara oromgohlardan biri hisoblanadi.

Oromgohda yuqori nafas yo’llari, tayanch organlari kasalligi bilan og’rigan barcha yoshdagi bemorlar va profilaktik davolanishni xohlagan kishilar o’zlari uchun qulay  bo’lgan sharoitlarda davolanish muolajalarini qabul qilishlari mumkin. “Baxmal” oromgohi o’zining shifobaxsh havosi bilan (tuberkulyozkasalligi etiologiyalaridan tashqari )bronxial astma va turli hildagi allergik kasalliklar , tayanch harakat organlari shikastlangan dam oluvchilarga fito bochka, fiziyaterapiya, davolovchi gimnastika , tuz kamerasi,parafin ozokerit va xushmanzarali tog’ havosidan nafas olib piyoda yurish kabi hizmatlar tajribali shifokorlar va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek ‘”Baxmal” oromgohida uqalash va parxez bilan davolash ham keng qo’llaniladi.Oromgohda yuqori servis hizmati mavjud. Dam oluvchilar kutubxona , bar, bolalar uchun o’yin attraksionlari , sport va bolalar maydonchalari shular mujassamdir. Oromgoh xizmatidan respublikamiz hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bir qatorda chet el fuqarolari ham dam olish va davolanishga tashruf buyurmoqdalar.Respublikamizda eko turizmni rivojlantirish va inson salomatligini tiklash borasida yanada sifatli servis, tibbiy xizmat turlarini joriy etish borasida samarali ish olib borilmoqda. Jamiyatimizda inson manfaati eng muhim omil hisoblanadi. Barcha insonlarga salomatlik tilagan holda Baxmal oromgohiga tashrif buyurishingizni tavsiya etamiz .

Manzil: Jizzax viloyati Bаxmal tumani Baxmal qishloq fuqarolar yig’ini Ko`kjar qishlog’i.

Tel: 8(372)223-90-72, 223-89-08

Erkin.mchj.urda@mail.ru

+99894-572-7003 To`lqin